Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnam O‘zbekistonda yirik ishlab chiqarish majmuasi quradi
O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasining Xoshimin shahriga (Vetnam) amaliy safari doirasida Mareven Food Holdings xalqaro kompaniyalar guruhi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Guruh raisi Dang Kxak Vi hamda guruh direktorlar kengashi raisi Nguyen Man Txang bilan muzokaralar doirasida Vetnam tomoni 2023-2032 yillarda O‘zbekistonda mahsulotlar va ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 125 million dollarlik yirik majmuani qurish loyihasi taqdimotini o‘tkazdi.
Bundan tashqari, makaron, souslar, qayla, ziravorlar va boshqa pazandachilik ne’matlari singari yangi turdagi mahsulotlar hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda.
Majmua "Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadi. Loyiha 800 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlaydi. Bu nafaqat O‘zbekiston bozori ichki ehtiyojlarini qondirish, balki mahsulot kamida 50 foizini mintaqa mamlakatlariga eksport qilish imkonini ham beradi.
Amaliy safar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xoshimin shahri yaqinida joylashgan, Mareven Food Holdings xalqaro kompaniyalar guruhi tarkibidagi oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan UNIBEN zavodlarida ham bo‘lib, korxonalar ishlab chiqarish jarayonlari va logistika-ombor imkoniyatlari bilan tanishdi.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:46 / 18.03.2024
O‘zbekistonda yiliga 2 mln quyon yetishtiriladigan quyonchilik majmuasi ishga tushirildi
11:51 / 26.02.2024
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida quriladigan sanoat majmuasi 100 gektar maydonni egallaydi
11:54 / 26.08.2023