Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda uy-joylar qurilishi ko‘lami kengaytiriladi
Prezidentning “Qoraqalpog‘iston tumanlarida 2023-2026 yillarda uy-joylar qurilishi ko‘lamini kengaytirish orqali aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga 1,2-ilovalar bilan: Qoraqalpog‘istonda 2023-2026 yillarda yakka tartibda uy-joylar qurilishining maqsadli parametrlari; Qoraqalpog‘istonda 2023-2026 yillarda ipoteka kreditlari asosida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlanmoqda.
Quyidagilar belgilanmoqda:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar aholi punktlarining yerlari hamda qurilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi;
- yer uchastkalari fuqarolarga onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
- ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
- ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi yakunlangandan so‘ng ularga tutash yer uchastkalari mahalliy ijroiya hokimlik organining tegishli qarori bilan ko‘p qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;
- uy-joylar qurilishi prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi asosida amalga oshiriladi;
- uy-joylarning tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi etib tegishligiga ko‘ra prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarga yuklatiladi;
- uy-joylarning tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish hamda hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tegishligiga ko‘ra prezident farmonining 4-bandida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
- uy-joylarni qurish tegishligiga ko‘ra fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
- ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha texnik nazorat ishlari tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025