O‘zbekiston | 10:39 / 31.12.2022
8948
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyaga O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga yuborish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari Janubiy Koreyaning «Hyundai Heavy Industries» kemasozlik kompaniyasi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deya xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining mazkur kemasozlik kompleksi rahbariyati bilan joriy yilning 1 dekabrida Ulsan shahrida bo‘lib o‘tgan hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Muloqot natijasida «Hyundai Heavy Industries» kemasozlik kompaniyasiga O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni (payvandchi, bo‘yoqchi va elektrik) «Ye-7» vizasi asosida qisqa muddatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga yollash imkoniyatlari ko‘rib chiqilishiga kelishildi.

Mavzuga oid