Jamiyat | 21:06 / 26.01.2023
39861
2 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi uydan ayol va uning voyaga yetmagan jiyani jasadi topildi. Qotillikda gumonlangan shaxs ushlangan

30 yoshli erkak o‘z ammasi va jiyanini 7 mln so‘m pul uchun pichoqlab o‘ldirgan.

25 yanvar kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan ayol K.A. va uning 2005 yilda tug‘ilgan qiz jiyani S.K. murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.  

Shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ko‘p o‘tmay aniqlanishicha, qotillik ayolning qarindoshi tomonidan amalga oshirilgan.

«Andijonda sodir etilgan qotillik jinoyatini fosh etish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari olib borildi. 

Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan va ammasidan rad javobini olgan.

Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag‘larini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi) ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u xonadonda bo‘lgan 7 mln. so‘m pulni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan», deyiladi xabarda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid