Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschini nokautga uchratdi
Bu o‘zbekistonlik bokschining profi boksdagi 11-g‘alabasi bo‘ldi. U shundan 9 tasida raqiblarni nokaut holatiga tushirgan.

Foto: Golden Boy Promotions / Cris Esqueda
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
AQShning Inglvud shahrida (Kaliforniya shtati) o‘tkazilgan boks oqshomida o‘zbekistonlik sportchiga amerikalik Ulises Sierra (17-3-2, 10 KO) raqib bo‘ldi.
Bektemir Meliqo‘ziyev 3-raund tugashiga 5 soniya qolganda tana qismiga berilgan navbatdagi zarba bilan raqibini nokautga uchratdi va WBO Global chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Jang O‘zbekiston vakilining ustunligida boshlandi. Uchinchi raundning so‘ngida Bektemir raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, Sierrani nokautga uchratdi.
Ushbu g‘alaba evaziga Meliqo‘ziyev WBO Global mintaqaviy kamariga ega chiqdi. Ushbu kamar WBO reytingi uchun muhim reyting ochkolarini beradigan eng nufuzli mintaqaviy kamar hisoblanadi.
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025