Jahon | 14:40 / 17.04.2023
15635
5 daqiqa o‘qiladi

Urush davridagi ikkinchi Pasxa va o‘qqa tutilgan cherkov. Urush suratlari

Ukrainada urushning 417-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ispan nashriga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari «Turkiyadagi zilzila qurbonlari sonidan kamroq ekani» haqida aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 50 ming kishidan oshiq. Keyinroq vazir bu solishtirish uchun Ukraina va Turkiya xalqidan uzr so‘radi.
  • O‘z fermerlarini himoyalash uchun Polsha ortidan Vengriya ham Ukraina qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini to‘xtatdi. Yevrokomissiya bu qarorni qoralagan.
  • Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak «pasxa almashuvi» doirasida 130 kishi Rossiya asirligidan qaytarilgani haqida xabar berdi.
  • Slovyanskda 14 aprel kuni Rossiya raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishini tashkil etdi, 24 kishi yaralangan.

Kun kadri. Zaporijjya oblastida Pasxa bayrami vaqtida o‘qqa tutilgan cherkov

Pasxa kechasi rossiyalik harbiylar Kamishevaxa posyolkasidagi cherkovni o‘qqa tutdi. Ukraina nashrlari xabar berishicha, cherkovdan «faqat kichik gumbaz va ikona qolgan»; o‘qqa tutish oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 16 aprel tongida Kamishevaxa aholisi cherkov hududini tozaladi.

Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada Pasxa bayrami 

Xarkiv oblastidagi front chizig‘i yaqinida kapellan pravoslavlarning Pasxa bayrami arafasida askarlarga fotiha bermoqda
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK Birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Sergey Nayev (chapda) va ukrain harbiy xizmatchilari Kiyevdagi mudofaa postlaridan birida pasxa dasturxoni atrofida
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 80-alohida desant-shturm brigadasi jangchisi Baxmut atrofidagi front chizig‘ida pasxa nonini bo‘lmoqda
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Chernihiv oblasti Lukashovka qishlog‘ida vayron bo‘lgan Voznesenskaya cherkovi oldida Pasxani nishonlayotgan dindorlarga «muqaddas» suv sepilmoqda. Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, 2022 yil mart oyi oxiriga qadar davom etgan Rossiya okkupatsiyasi chog‘ida rossiyalik askarlar ibodatxonadan o‘q-dori ombori sifatida foydalangan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Chasiv Yar shahrida yashovchi Lyudmila Pasxa bayramini yolg‘iz nishonlamoqda. 2022 yilda Lyudmila bayramni farzandlari bilan kutib olgandi, ammo 2023 yilda Rossiya qo‘shini shaharni tobora ko‘proq va kuchliroq o‘qqa tuta boshladi, natijada bolalarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Doimiy otishmalar tufayli cherkovni ochmaslikka qaror qilishgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut uchun jang

Donetsk oblastining Baxmut shahri Ukrainadagi urushning qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining so‘nggi xabarlariga ko‘ra, «Vagner» XHK yollanma jangchilari va Rossiya muntazam armiyasi harbiylari o‘zaro hamkorlikni yaxshilagan va shahar uchun qaytadan yurish boshlagan. Shaharning g‘arbiy rayonlari hamon Ukraina QK nazoratida qolmoqda. Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, XHK shturmchilari asosiy yurishni shahar markazi orqali amalga oshirmoqda, RF armiyasining havo-desant qo‘shinlari esa amaliyotning shimoliy va janubiy qanotlariga mas’ul. Quyida Baxmut uchun jangning Ukraina tomonida turib olingan kadrlari.

Adam Tactic Group / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning 80-brigadasi jangchilari oldingi chiziqda dronlar harakatini kuzatmoqda
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari oldingi chiziqda artilleriyadan o‘t ochmoqda
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid