Sport | 20:33 / 30.04.2023
25049
2 daqiqa o‘qiladi

Yan Nepomnyashchiy shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahsda Lijenga yutqazdi

Xitoylik grossmeyster Ding Lijen rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashchiyni mag‘lub etib, shaxmat bo‘yicha jahonning 17-chempioniga aylandi.

Rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashchiy shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bahsda xitoylik raqibi Ding Lijenga yutqazdi.

Nepomnyashchiy va Lijen o‘rtasidagi bahs 9 apreldan buyon davom etayotgandi. Uning asosiy qismi 14 partiyadan iborat bo‘ldi va 7:7 hisobida yakunlandi, shundan keyin 30 aprel kuni tay-breyk o‘ynaldi.

Tezkor shaxmat bo‘yicha to‘rt partiya o‘ynalgan tay-breykda dastlabki uch bahsda durang qayd etildi, to‘rtinchisida esa oq donalarda o‘ynagan Nepomnyashchiy 68 yurishdan keyin taslim bo‘ldi.

Ding Lijen tarixdagi 17-jahon chempioni — va Xitoydan bo‘lgan ilk chempion bo‘ldi.

2022 yilda da’vogarlar turnirida g‘olib chiqqan Nepomnyashchiy amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi o‘ynashi ko‘zda tutilgandi. Ammo 2013  yildan buyon unvonni o‘zida saqlab kelgan norvegiyalik shaxmatchi bu unvonni himoya qilishdan voz kechib, buni «ishtiyoq yo‘qligi» bilan izohladi. Shundan keyin Nepomnyashchiyga da’vogarlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Ding raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid