Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimda Simferopol yaqinidagi temiryo‘l portlatib yuborildi
Qrimning Simferopol tumanidagi temiryo‘lda ertalab soat 8:20 da portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida g‘alla ortilgan 5 ta vagon izdan chiqib ketdi, deb yozadi Baza Telegram-kanali.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, temiryo‘lning portlatib yuborilishi Baxchisaroy yaqinida sodir etilgan diversiya hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan tayinlangan Qrim «hokimiyati» Sevastopol va Simferopol o‘rtasidagi temiryo‘l aloqasi to‘xtatilgani haqida xabar berdi.
«Krymskaya jyeleznaya doroga» federal davlat unitar korxonasi hodisaga «tegishli ruxsatga ega bo‘lmagan shaxslarning temiryo‘l transporti ishiga aralashishi» sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
May oyi boshlarida Rossiyada infratuzilma obektlarida portlashlar sezilarli darajada ko‘paygandi - besh kun ichida ikkita neft baza hujumga uchradi, Bryansk oblastida ikkita poyezd temiryo‘llardagi portlashlar tufayli izdan chiqib ketdi. Kreml prezidentning Kremldagi qarorgohiga dronlar orqali hujum qilishga urinish bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:35 / 25.04.2025