Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr
Jizzax shahridagi ko‘p qavatli uyda 14 iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahar «Xalqabod» MFY R.Isayev ko‘chasida joylashgan 7 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar FVB Navbatchilik qismiga soat 05:00 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 05:08 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:15 da o‘rab olingan va soat 06:00 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida binoning 180 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Binoning 400 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

09:52 / 05.04.2025
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi

23:07 / 04.04.2025