Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FlyArystan Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Toshkent va Ostona o‘rtasida reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Dastlabki reys bilan 180 nafar yo‘lovchi bugun, 3 iyul kuni Toshkent aeroportida qabul qilindi.
Aviakompaniya saytida xabar berilishicha, parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
FlyArystan Qozog‘istonning arzon aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan. Loukoster 2019 yilning mayidan buyon yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
FlyArystan aviakompaniyasi uzoq tanaffusdan so‘ng 18 mart kuni Olmaotadan Samarqandga parvozlarni qayta tiklagandi.
Air Astana rahbari Piter Foster FlyArystan aviakompaniyasining boshqa shaharlari – Buxoro, Xiva, Nukus, Qarshi, Andijon, Namangan va Farg‘onaga ham reyslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025