Jahon | 08:06 / 06.07.2023
5132
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada turkiy xalqlarga tegishli 800 dan ortiq qadimiy qo‘lyozmalar topildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Gulnoza Xalliyeva boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Shvetsiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Amaliy safar davomida Shvetsiyaning Uppsala va Lund universitetlari kutubxonalarida turkiy xalqlarga oid 858 ta (agar takror nusxalar borligini hisobga olsak,  500 tadan ortiq) tarixiy qo‘lyozmalar mavjudligi aniqlandi.

Ular orasida Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Mashrab mashhur shoirlardan tashqari hali xalqqa noma’lum bo‘lgan shoirlar, tarjimonlarning ham qo‘lyozmalari mavjud. Birgina Alisher Navoiy qo‘lyozmalarining o‘zi 25 tani tashkil etadi.  

Ushbu qo‘lyozmalar XIX va XX asrlarda shved missionerlari faoliyati davomida yig‘ilgan, sotib olingan va keyinchalik Lund va Uppsala universitetlari kutubxonasiga tuhfa qilingan.

Mamlakatning Shvetsiyadagi elchixonasida Gulnoza Xalliyeva bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu mamlakat kutubxonalarida saqlanayotgan 800 dan ortiq noyob qo‘lyozmalarni olimlar guruhi bilan kelib, avvalo to‘liq reyestrini tuzish, tavsifini yaratish, hammasini yaroqli holga keltirib ta’mirlash, iloji bo‘lsa qaytarish maqsad qilingan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid