«Vagner»dan olib qo‘yilgan texnikalar va NATO sammitidagi qo‘riqchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 504-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHKning barcha harbiy texnika va o‘q-dorilarini o‘ziga olganini e’lon qildi.
- G7 mamlakatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib oldi. Kremlda bu kabi har qanday kafolat RF xavfsizligiga daxl qilishini bildirdi.
- 58-armiyaning sobiq qo‘mondoni «Rossii 1» efirida Ukrainada general-leytenant Oleg Tsokov halok bo‘lganini tasdiqladi. Avvalroq Tsokov haqida xabar bergan «Voyennyy Osvedomitel» kanaliga ko‘ra, u Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.
- Oq uyda Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berish masalasi muhokama etilmoqda, deya yozgan The New York Times. Bu raketaning harakatlanish radiusi — 300 kilometr atrofida.
- «Proyekt» ma’lumotiga ko‘ra, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z xodimlariga nega isyon uyushtirganini «ruhiyati buzilgani» bilan izohlagan.
- Rossiya qo‘shini qatorasiga ikkinchi tunda Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Shahar rasmiylari barcha uchuvchisiz uchish apparatlari urib tushirilganini bildirgan.
Zelenskiy NATO sammitida
12 iyul kuni Vilnyusda NATOning ikki kunlik sammiti yakunlandi. Uning asosiy mavzularidan biri alyansga Ukrainaning a’zo bo‘lib kirishi masalasi edi. Volodimir Zelenskiy birinchi kuni Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan shu mavzuga bag‘ishlangan mitingda chiqish qilshdi, keyingi kuni esa Ukraina — NATO Kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi, unda Ukrainaning muhim ittifoqchilari — AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari ham bor edi.
«Katta yettilik» davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini qabul qildi — Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish, razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishib olindi, shuningdek Rossiya hozirgi mojaro yakunlanganidan keyin ham Ukrainaga hujum qilgudek bo‘lsa, zudlik bilan choralar ko‘rishni va’da berishdi.
Sammit yakunlariga ko‘ra Zelenskiy Ukraina qo‘llab-quvvatlovni his qilganini aytdi: «[„Katta yettilik“ yetakchilari] Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yakdillik bilan Ukraina NATOda bo‘lishini aytishmoqda. Ishonchim komilki, bunday qo‘llov va Ukraina — NATO Kengashi yig‘ilishidagi har bir yetakchining bayonotlariga ko‘ra, xavfsizlik sohasidagi vaziyat barqarorlashishi bilan biz NATOda bo‘lamiz».
«Meduza» sammit vaqtida Vilnyus shahri va mehmonlari qanday qo‘riqlangani haqida fotoreportaj ham taqdim etgan.
Donetsk oblastining Seversk shahridagi vaziyat
Donetsk oblastining Seversk shahri — Baxmutdan 30 kilometr shimolda joylashgan, uning atrofida bir yildan buyon og‘ir janglar davom etmoqda. 2023 yil yanvarida Soledar egallangach, Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda, jumladan Severskka tomon yurish qilishi uchun yo‘l ochildi. Ammo «Vagner» XHK Baxmutga yurishni davom ettirishga qaror qildi (may oyida Prigojin ushbu shahar egallanganini e’lon qilgandi, ammo uning atrofida hozir ham janglar davom etmoqda). Ayni vaqtda Seversk Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida qolmoqda — bu Ukraina qo‘shini Soledarga yurish qilishi uchun baza vazifasini o‘tovchi frontbo‘yi shahridir.
Baxmut atrofidagi dala hospitali
«Vagner» XHKning RF mudofaa vazirligiga topshirgan texnikalari
RF mudofaa vazirligi xabar qilishicha, «reja bo‘yicha» «Vagner» XHK bo‘linmalaridan harbiy texnikalarni qabul qilgan. Gap ikki mingdan ortiq harbiy texnika va qurollar haqida bormoqda: T-90, T-80, T-72B3 tanklari, «Grad» va «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari. Bundan tashqari, Rossiya kuchlari 2,5 ming tonna o‘q-dori va 20 ming dona atrofida o‘qotar qurollarni qabul qilib olgan. Vazirlikning tasdiqlashicha, «o‘nlab texnikalar» hali janglarda qo‘llanmagan.
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024