Kiyevga yana dronlar hujumi va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 505-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
58-armiya qo‘mondoni Ivan Popov RF mudofaa vazirligi rahbariyatini tanqid qilgani uchun lavozimdan chetlatildi.
WSJ nashri yozishicha, Prigojinning isyonidan keyin general Surovikin bilan birga o‘ndan ortiq rossiyalik yuqori martabali harbiylar qo‘lga olingan.
Putin Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga qarshi emasligi, ammo bu «RF xavfsizligini ta’minlashning majburiy sharti» bilan bo‘lishi kerakligini aytdi.
Ukraina qurolli kuchlari AQShdan yangi harbiy yordam paketi doirasida kassetali o‘q-dorilar qabul qilgan. Volodimir Zelenskiy NATOning Vilnyusdagi sammitida bu snaryadlar faqat Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlaridagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun qo‘llanishini aytgandi.
«Novaya gazeta Yevropa» rossiyalik biznesmenlar orasidagi urushning asosiy benefitsiarlari nomlarini aytdi. Bular Vladimir Potanin va Leonid Mixelson.
Kiyev bo‘ylab dronlar zarbasi
13 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari shahar bo‘ylab uchirilgan 20 drondan «o‘nga yaqinini» urib tushirgan, parchalar shaharning Darnitskiy, Solomenskiy, Shevchenkovskiy, Obolonskiy va Podolskiy rayonlariga tushgan. Ukraina FVDX xabariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan.
Rossiya Kiyevga qatorasiga uchinchi tunda dronlar bilan hujum qildi. 11 va 12 iyul kunlari Kiyevda jabrlanganlar va vayrongarchiliklar bo‘lmagandi, barcha dronlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgandi.
Baxmut atrofida janglar
Kiyev atrofida harbiy formani o‘lchab ko‘rayotgan ukrainalik ayol