O‘zbekiston | 16:59 / 25.07.2023
17543
5 daqiqa o‘qiladi

Chery o‘zbekistonliklarning qalbini qanday zabt etmoqda? Birinchi yarim yillik natijalari

Foto: Chery

2022 yilning 6 iyul kuni ADM Jizzakh kompaniyasi (Roodell guruhidagi avtomobil zavodi) Chery Automobile bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. 2022 yilning oktyabr oyida esa Toshkentdagi ilk Chery dilerlik markazi o‘z eshiklarini keng ommaga ochdi.

Chery avtomobillarining sotuvlari rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Xitoyning brendi har oy savdo hajmini oshirishga erishmoqda. Iyun oyida u 1290 ta avtomobilni tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 41,8 foizga, birinchi chorakning birinchi oyi, yanvarga nisbatan esa qariyb 433,1 foizga oshdi.

Chery markasi sotuvi boshlanganidan beri 3900 dan ortiq avtomobil sotilgan. 2023 yil iyun oyida sotuvlar 2022 yil oktyabr oyiga nisbatan 64 barobardan ko‘proqqa (!) oshdi, bu brendning xaridorlar orasida mashhurligidan dalolat bermoqda. Chery Tiggo 7 Pro shahar krossoveri markasining sotuvlari yetakchisiga aylandi.

2023 yilning birinchi yarmida sotilgan  Chery avtomobillari soni quyidagi raqamlarni tashkil etdi:

• Chery Tiggo 7 Pro – 2432 avtomobil

• Tiggo 8 Pro – 547 avtomobil

• Tiggo 8 Pro Max – 484 avtomobil

• Arrizo 6 Pro – 131 avtomobil

2023 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgi kunga qadar  Chery global standartlariga muvofiq bezatilgan to‘qqizta rasmiy dilerlik markazlari ochilib, 13 ta dilerlik markazlari esa respublika bo‘ylab to‘liq faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda rasmiy dilerlik markazlari Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qamashi, Denov va Urganch shaharlarida mavjud.

2023 yilning ikkinchi yarmida ushbu markadagi gibrid avtomobillar sotuvlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Chery gibrid avtomobilining tantanali debyuti 2023 yilning oktyabr oyidayoq sodir bo‘lishi kutilmoqda.

2023 yilning mayigacha O‘zbekiston bozorida PRO oilasiga mansub krossoverlari sotilgan edi: Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max, iyun oyidan yesa Chery liniyasi PRO seriyasining yanada kengayganligini ifodalab, yana bir model – to‘laqonli C sinfidagi sedan Chery Arrizo 6 Pro bilan to‘ldirildi.

Model narx va sifat uyg‘unligi tufayli ijobiy baholandi va shu ondayoq Chery qatoridagi bessellerga aylana oldi.

Chery brendi sotuvlardan tashqari sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratadi. Chery kompaniyasining barcha rasmiy avtomarkazlari muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va kafolat ishlari uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Chery avtomobillariga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 5 yil yoki 150 000 km yurishiga kafolat ( Tiggo 8 Pro Max modeli uchun - 7 yil yoki 200 000 km) beriladi.

Bulardan tashqari, ADM Jizzakh/Roodell kompaniyasi va Chery brendi muntazam ravishda Chery avtomobillari sohiblari uchun “ With Chery With Love” shiori ostida turli tadbirlarni tashkil etishadi. Ushbu loyiha nafaqat avtomobil egalarini birlashtirish, balki Chery tomonidan sodiqlik va qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish uchun ham mo‘ljallangan. Tadbir har bir avtomobil modeli uchun alohida o‘tkaziladi.

ADM Jizzakh/Roodell kompaniyasi mijozlarning ehtiyojlari va manfaatlariga mos bo‘lgan avtomobillarni taklif qilish orqali sotuvlarni muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqda. Muvaffaqiyatning asosida biznes jarayonlarini takomillashtirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni qo‘llash, mijozlarning xohish-istaklariga e’tibor berish va bozor konyukturasiga tezkor moslashishni o‘z ichiga olgan kompaniyaning rivojlanish strategiyasi yotadi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari

Qo‘ng‘iroq markazi 71-276-55-55

Website https://cheryauto.uz

Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram https://t.me/cheryuzbekistan

Facebook https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Reklama

Mavzuga oid