Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ishchi Qirg‘iziston prezidenti uchun qurilayotgan binodan quladi
U shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati uchun qurilayotgan binodan o‘zbekistonlik ishchi pastga quladi.
Bishkek shahri Shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori o‘rinbosari Yegor Borisov so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi 4-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Lenin tumani ichki ishlar bo‘limining ma’lum qilishicha, 6 avgust kuni soat 15.00 atrofida «102» xizmatiga binoda qurilish ishlari olib borayotgan ishchi balandlikdan yiqilib tushgani haqida murojaat kelib tushgan. Jabrlanuvchi shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
Aniqlanishicha, ishchi 1993 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, hozir jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Uning ismi-sharifi va ahvoli haqida ma’lumot berilmadi.
Qayd qilinishicha, holat yuzasidan tergov boshlangan va ekspertiza tayinlangan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025