Jahon | 14:53 / 07.08.2023
22566
5 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi jazirama va frontdagi yaradorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 529-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Qrim va Xerson oblasti o‘rtasidagi Chongar va Genichesk ko‘priklari o‘qqa tutildi. Chongar posyolkasida ko‘prikdan tashqari maktab binosi shikastlangan. Genichesk ko‘prigi yaqinida raketa gaz quvuriga zarar yetkazgan. Portlash vaqtida ko‘prik bo‘ylab avtomobilida harakatlangan tinch aholi vakillaridan biri jarohat olgan. Qrimning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov hujumda Ukraina qurolli kuchlarini aybladi. Ukraina tomoni hodisa yuzasidan izoh bermadi.
  • Reuters xabariga ko‘ra, Jiddada o‘tkazilgan Ukrainadagi urushga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilari qo‘shma bayonot berishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, agentlik bilan suhbatlashgan Yevroittifoq rasmiysi muzokaralarga ijobiy baho bergan. Rossiya bu muzokaralarga taklif etilmagandi.
  • Sergey Sobyanin 6 avgust tongida Moskvaga «dron bilan yorib kirishga urinish» bo‘lganini xabar qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan — buni RF mudofaa vazirligi h am tasdiqlagan. Dron Podolsk yaqinida qulagan. Baza nashri yozishicha, 77 yoshli kishi yaralangan, boshqa manbalar bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
  • Belgorod oblastida sud Ukraina fuqarosi Vitaliy Krivoshlikni davlatga xiyonat bo‘yicha ishda ayblab, 12 yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil mayida qo‘lga olingan Krivoshlik Belgorod oblastida Rossiya harbiy texnikalari va bo‘linmalari  harakati bo‘yicha ma’lumot to‘plagan, keyin ularni Ukraina xavfsizlik xizmatiga yetkazgan. Sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan.
  • 6 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Ukraina QK 30 raketa va 27 dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina QKning Xmelnitskaya va Rivnen oblastlaridagi aviabazalariga hujum qilinib, «barcha belgilangan obektlar» aniq nishonga olingan.

Kun kadri. Zaporijjyadagi plyajda tankka qarshi to‘siqlar

Zaporijjyada Dnipro sohilida tankka qarshi to‘siqlar oldidagi bola, 6 avgust kuni bu yerda havo harorati 40 darajaga yetgan
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida razvedkachi dronlarni uchirayotgan ukrain harbiylari

Ukrainalik jangchi razvedkachi dron uchun antenna o‘rnatmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dronni parvozga tayyorlayotgan ukrain harbiysi
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Razvedka droni uchun antenna ko‘tarib ketayotgan Ukraina QK jangchisi
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy avtomobildan turib razvedkachi dronni boshqarmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi tibbiyot punkti

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK tibbiyot punktining qum to‘ldirilgan qoplar bilan himoyalangan derazasi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Kiyevdagi «Ona Vatan» monumentida o‘rnatilgan Ukraina gerbi

Sovetlar davriga mansub «Ona Vatan» monumentidan SSSR gerbi olib tashlandi. Uning o‘rniga ukrainlar gerbi joylashtirildi. Yodgorlikdagi ishlar 23–24 avgust kunlari yakunlanishi rejalashtirilgan — shu kunlarda Ukrainada Davlat bayrog‘i kuni va Mustaqillik kun nishonlanadi.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid