LET L-410 rusumli ikkinchi samolyot O‘zbekistonga yetib keldi
Uzbekistan Airways kompaniyasi Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 rusumli ikkinchi yengil samolyotni qabul qildi.
Samolyot O‘zbekistonning Zomin, Zarafshon, Shahrisabz, So‘x va boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Yangi samolyotning parvoz xususiyatlari har tomonlama puxta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng Chexiyaning Kunovitse shahridan havoga ko‘tarildi. Samolyot yonilg‘i quyish uchun Bolgariya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon va Turkmanistonda oraliq qo‘nishlarni amalga oshirdi.
LET L-410 turbovintli samolyoti 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u deyarli har qanday turdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi, jumladan uzunligi 510 metr va undan yuqori bo‘lgan o‘ta qisqa yo‘laklarda ham uchish va qo‘nishlarni amalga oshira oladi.
Bortdagi elektron jihozlar zamonaviy kommunikatsiya va Garmin GPS navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan.
Bu rusumdagi birinchi samolyot Toshkentga iyul oyining o‘rtalarida olib kelingan. Hozirgi kunda unda poytaxtdan Samarqand va Zominga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024