Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lvivga davomli hujumlar va harbiy zavodga borgan Putin. Urush suratlari
Ukrainada urushning 573-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukrainaga kamikadze dronlar bilan hujum qildi. Lvivda hujum oqibatida omborxonada yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
- Xersonda rossiyaliklar snaryadi trolleybusga urildi. Politsiya serjanti halok bo‘lgan, tinch aholi vakillaridan ikki kishi jarohatlangan.
- Konstantinovkadagi bozorda, katta ehtimol bilan ukrainlarning «Buk» zenit-raketa kompleksidan uchirilgan raketasi portlagan, deyiladi The New York Times surishtiruvida. Ukraina xavfsizlik xizmati esa Konstantinovkaga zarba ortida RF armiyasi turganini ta’kidlashda davom etmoqda.
- Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida chiqish qildi. U o‘z nutqida «Ukraina o‘zining hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan yadro arsenalidan voz kechgani, ammo keyingi voqealar aynan Rossiya yadroviy qurolsizlantirishga ko‘proq loyiq bo‘lganini ko‘rsatgani»ni aytgan.
Lviv va Xerson bo‘ylab zarbalar
19 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Lvivga dronlar bilan hujum qildi. Qulab tushgan omborxona xarobalari ostidan ikki kishi qutqarildi va bir jasad olib chiqildi. BBC Ukraina jurnalistlari qayd etishicha, Lvivga dronlar hujumi keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon eng uzoq davom etgan hujum bo‘ldi: u ikki soatga yaqin davom etgan.
Xuddi shu kuni RF armiyasi Xerson bo‘ylab zarba berdi. Snaryad shahar trolleybusiga kelib urilgan. 49 yoshli politsiya serjanti Andriy Tarchinskiy halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.





Zelenskiyning BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi
![Ukraina prezidenti 19 sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida chiqish qildi. U Rossiya Ukrainaga qarshi urushda barcha metodlardan — oziq-ovqat va energetika inqirozini yuzaga keltirishdan tortib bolalarni o‘g‘irlashgacha bo‘lgan harakatlardan foydalanaayotganini ta’kidladi. «Bu jinoyatlar uchun Xalqaro jinoiy sud sud Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan, ammo vaqt o‘tib ketmoqda. Biz ularni [ukrain bolalarini] uyga qaytarishga harakat qilmoqdamiz. Rossiyada ularni Ukrainadan nafratlanishga o‘rgatishmoqda», — deya qayd etgan Zelenskiy. Bundan tashqari, u «Ukraina o‘z yadro arsenalini topshirgani, ammo Rossiya ham qurolsizlantirilishi lozim bo‘lgani»ni qayd etgan.
Michael M. Santiago / Getty Images](https://storage.kun.uz/source/uploads/2023/yutrberw5d05.jpg)
Ukraina QK uchun dronlar ustida ishlayotgan ukrain muhandislari
Kiyevda Ukrainaning Airlogix kompaniyasining qirq nafar muhandisdan iborat jamoasi oyiga o‘nga yaqin dron ishlab chiqarmoqda. Kompaniyaning ilg‘or ishlanmalaridan biri — «Gor» tipidagi dron bo‘lib, u 3500 metr balandlikkacha ko‘tarilishi, 40 kilometrgacha uchishi va havoda ikki yarim soat vaqt davomida qolishi mumkin. Bundan tashqari, dron 80 marta kattalashtiruvchi suriladigan kamera bilan jihozlangan. Bunday apparat qiymati — 250 ming dollarni tashkil etadi.




Ijyevskda rossiyaliklar dronini ko‘zdan kechirayotgan Putin

Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025