O‘zbekiston | 18:53 / 22.11.2023
32237
2 daqiqa o‘qiladi

Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi barcha modellari uchun narxlar optimallashtirildi

Foto: Chery

ADM Global kompaniyasi va Chery Uzbekistan brendi mamlakatimizda brendni rivojlantirish strategiyasining muhim bosqichi boshlanganligini e’lon qiladilar.

Ma’lumki, ADM Global kompaniyasi Chery avtomobillarini keng iste’molchilar davrasi uchun yanada qulayroq qilishga intilmoqda.

Chery International kompaniyasi prezidenti janob Chjan Guybinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston va XXR davlatlari o‘rtasida avtomobilsozlik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik doirasida ehtiyot qismlar va transport xarajatlarini optimallashtirish orqali avtomobillarning tannarxini arzonlashtirishga erishish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlar tufayli Xitoy uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bozor uchun narx siyosati qayta ko‘rib chiqildi. Natijada, ADM Global va Chery International kompaniyalari o‘rtasida Chery modellarining butun qatori uchun yakuniy narxlarni pasaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu qadam Chery International kompaniyasining ADM Global bilan uzoq muddatli hamkorligini chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir.

Chery avtomobillari uchun yangilangan narxlar:

Arrizo 6 Pro Comfort – 279 900 000 – 254 900 000 so‘m

Arrizo 6 Pro Intelligent – 309 900 000 – 279 900 000 so‘m

Tiggo 7 Pro Luxury – 329 900 000 – 291 900 000 so‘m

Tiggo 7 Pro Premium – 369 900 000 – 324 900 000 so‘m

Tiggo 8 Pro Luxury – 439 900 000 – 407 900 000 so‘m

Tiggo 8 Pro Max – 509 900 000 – 470 900 000 so‘m

 

Chery dilerlik markazlarida avtomobillarni bepul haydab ko‘ring (test-drayv) va bundan ham qulay narxlarga ega bo‘ling.

Telegram bot yoki quyidagi telefon raqami orqali bepul test drayv uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: +998555000655

Chery Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram bot | YouTube

Reklama

Mavzuga oid