Jahon | 14:59 / 17.12.2023
18212
6 daqiqa o‘qiladi

Xerson oblastidagi vayronalar va Donbassdagi jangchilar hayoti. Urush suratlari

Ukrainada urushning 661-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Mediazona» va BBC Ukrainada halok bo‘lgani rasmiy manbalar orqali tasdiqlagan rossiyalik harbiylar soni 39 424 nafarga yetdi.
  • Vengriya Yevropaning Ukrainaga 50 milliard yevrolik yordam paketini blokladi.
  • Russian Field so‘roviga ko‘ra, rossiyaliklarning yarmidan ko‘p qismi og‘ir jinoyatlar sodir etishda qamalgan mahbuslar urushda ishtirok etgani uchun afv etilishini ma’qullamaydi.
  • Putin Donetsk va Luhanskka qadar yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar uchun temiryo‘l qurilishini ma’lum qildi. Hozircha Rossiyada bunaqasi yo‘q.
  • Financial Times nashriga ko‘ra, AQSh Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini «xalqaro huquqni buzmagan holda» musodara qilish yo‘lini topgan.
  • Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Yevropa yangi harbiy tahdidlarga tayyorlanishi kerak deb hisoblashini aytdi.
  • London meri Sodiq Xon utilizatsiya uchun mo‘ljallangan avtomobillarni Ukrainaga yuborishdan bosh tortdi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Qrimga dronlar orqali yoppasiga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi. Vazirlikka ko‘ra, yarimorol ustida 32 ta dron urib tushirilgan. O‘z navbatida, Rossiya qo‘shini ham Ukrainaga kamikadze dronlar bilan hujum qilgan, Ukraina qurolli kuchlari 30 ta dron urib tushirilgani haqida xabar bergan.

Xerson oblastida Visokopillya qishlog‘idagi bolalar hayoti

Visokopillya — Xerson oblasti shimolida, Kriviy Rihdan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan shahar tipidagi posyolka. Rossiya qo‘shini Visokopillyani 2022 yil mart oyi o‘rtalarida okkupatsiya qilgan, o‘sha yil kuzida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum natijasida ushbu posyolkani ozod etgan. O‘shanda Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari bo‘lgan Yaroslav Yanushevich janglar oqibatida Visokopillyadagi binolarning 80 foizi vayron bo‘lganini aytgandi. Urushga qadar bu yerda to‘rt mingdan ortiq kishi yashagan, okkupatsiya vaqtida mahalliy aholining asosiy qismi uylarini tashlab ketgan.

Visokopillyada bombardimonlar oqibatida vayron bo‘lgan sinfxona
Gaelle Girbes / Getty Images
Yetti yoshli Igor (o‘ngda) va uning sinfdoshlari darsdan keyin Lego orqali qilingan vintovkani o‘ynamoqda
Gaelle Girbes / Getty Images
Medical Teams International xalqaro diniy nodavlat tashkilotining inqirozli vaziyatlarda odamlarga yordam beruvchi psixologlari Visokopillyadagi maktab o‘quvchilari bilan gaplashmoqda
Gaelle Girbes / Getty Images
Yetti yoshli Ivan va Igor dars vaqtida
Gaelle Girbes / Getty Images
Maktabning 55 yoshli direktori Galina Vladimirovna o‘zi 36 yil davomida ishlagan maktab vayronalari orasida
Gaelle Girbes / Getty Images
60 yoshli Viktor o‘z farzandlari: 10 yoshli Anastasiya va uning olti yoshli ukasi Yaroslavni darsdan olib qaytmoqda
Gaelle Girbes / Getty Images
Yetti yoshli Ivan masofaviy ta’lim asosida darsda qatnashmoqda
Gaelle Girbes / Getty Images

Kiyevda ukrainalik jangchi Andrey Trachukning dafn marosimi 

Ukrainalik jangchilar Slon laqabi bilan mashhur bo‘lgan Andrey Trachukning tobutini olib o‘tishmoqda. Trachuk 2014 yilda Maydanda hukumatga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar faoli bo‘lgan, Rossiya qo‘shinlariga qarshi Xerson oblastidagi janglar vaqtida halok bo‘lgan. Jangchi bilan vidolashuv marosimi Kiyevdagi Mustaqillik maydonida o‘tkazildi.
Oleksii Chumachenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Andrey Trachukning tobuti tepasida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Vuhledar atrofida pravoslavcha ibodat

Kapellan Ivan Donetskdan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Vuhledar yaqinidagi pozitsiyada Ukraina qurolli kuchlari 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi uchun ibodat o‘tkazmoqda
Valentyn Kuzan / AP / Scanpix / LETA

Donbassda ukrainalik jangchilarning turmush tarzi 

Donetsk oblastining Kramatorsk rayonidagi Drujkivka qishlog‘ida mahbubasi bilan xayrlashayotgan ukrainalik askar
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik jangchi iti bilan okkupatsiya ostidagi Horlivka yaqinidagi pozitsiyada. 12 dekabr kuni Ukraina QK rossiyalik harbiylardan shahar tashqarisidagi terrikonlardan birini qaytarib olgani xabar qilingandi
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar va tinch aholi vakillari Avdiyivkadagi do‘konda — bu okkupatsiya ostidagi Donetsk chekkasidagi shaharchadir. Oktyabr oyida RF armiyasi Avdiyivka yaqinida keng ko‘lamli hujumga o‘tgandi
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrain tanklari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlarining Avdiyivkadagi uyda yuvilgan kiyimlari quritish uchun osib qo‘yilgan
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press

Okkupatsiya ostidagi Yasinovataya shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari

 «DXR»ning Ukraina urush jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazi (SsKK) qoshidagi vakolatxonasi bergan xabarga ko‘ra, 14 dekabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Donetskdan 25 kilometr masofadagi Yasinovatayani (ikki  shahar ham 2014 yilda RF tomonidan okkupatsiya qilingan) o‘qqa tutdi
AFP / Scanpix / LETA
Mahalliy telegram-kanallarda yozishlaricha, snaryad ruhoniyning uyiga tushgan. Shahar va «DXR»ning Moskva tomonidan tayinlangan rasmiylari shikastlanish va jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan
AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid