Xorazmda ota voyaga yetmagan o‘g‘lini kaltaklab jarohat yetkazdi
14 yoshli bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan va ekspertiza tayinlangan. IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaro tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, holat 2024 yil 7 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
1972 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan tan jarohati yetkazilgan.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi qiz ota-onasi tomonidan kaltaklangani aks etgan video omma orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

18:42 / 02.05.2025
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

15:29 / 02.05.2025