Qozog‘istonda robot sud ijrochisi ishga tushirildi
Sud qarorlari ijrosi jarayoni avtomatlashtirilgan tarzda tashkil qilindi.
Qozog‘iston Adliya vazirligi Xususiy sud ijrochilari palatasi bilan hamkorlikda Taraz shahrida optimallashtirilgan ijro protsesslarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasini ishga tushirdi.
Bugungacha fuqarolar jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, xususiy sud ijrochisiga jarimaning 25 foizigacha to‘lashlari shart edi. Endi bu xizmatni robot bepul amalga oshiradi, deb xabar berdi Kazinform. Yangi loyiha tufayli fuqarolar 2 milliard tenge mablag‘ni tejashi mumkin.
Tizim algoritmi quyidagicha ishlaydi:
- Bosh prokuraturaning Huquqiy statistika va maxsus hisobga olish qo‘mitasi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 50 kun ichida to‘lanmagan jarimalarni undirish to‘g‘risida qaror yuboradi;
- Robot 5 kalendar kun ichida talabni bajarish zarurligi haqida SMS-xabar yuboradi;
- Agar jarima ixtiyoriy ravishda to‘lanmasa, tizim xususiy sud ijrochisiga ijro varaqasini taklif qiladi;
- To‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilgan taqdirda, ijro ishi qo‘shimcha xarajatlarsiz tugatiladi.
Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Qozog‘istonning butun hududida joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
15:44 / 13.11.2024
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
22:25 / 12.11.2024