Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun imzolandi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat joylari, omborlar, yotoqxonalar va turar joy binolarida, tegishli obektlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish vaqtida yong‘inga qarshi vositalardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda.
Birinchi qoidabuzarlikda fuqarolar uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,1−1 baravaridan (34 ming − 340 ming so‘m) 1−3 baravarigacha (340 ming − 1,02 mln so‘m), mansabdor shaxslar uchun BHMning 1−3 baravaridan 3− 7 baravarigacha (1,02−2,38 mln so‘m) oshiriladi.
Yil davomida takror sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori fuqarolarga BHMning 3−5 baravarigacha (1,02−1,7 mln so‘m), mansabdor shaxslar uchun 7−15 baravarigacha (2,38−5,1 mln so‘m) oshiriladi. Hozirgi vaqtda ushbu huquqbuzarlik uchun jarimalar mos ravishda BHMning 1−3 va 3−7 baravarini tashkil qiladi.
Fuqarolar uchun yong‘in sodir bo‘lishiga olib kelgan qoidabuzarlik uchun jarima miqdori BHMning 3−5 baravaridan 5−7 baravarigacha (1,7−2,38 mln so‘m), mansabdor shaxslar uchun esa BHMning 7−10 baravaridan 15−20 baravarigacha (5,1−6,8 mln so‘m) oshiriladi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025