O‘zbekiston | 09:27 / 24.04.2024
1913
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi

Loyiha xodimlarni malakaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etishda ko‘maklashish, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va boshqalarni nazarda tutadi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktor o‘rinbosari Umida To‘xtasheva boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Riga shahriga tashrifi davomida Latviya Moliya vazirligi huzuridagi Moliya va kelishuvlar markaziy agentligi direktori Anita Kruminya bilan uchrashdi.

Mamlakat diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Latviyaning islohotlar bo‘yicha tajribasi va ilg‘or Yevropa nou-xau asosida O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Latviya tomoni O‘zbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or jahon amaliyotini joriy etishda ko‘maklashish maqsadida Toshkentda BM TTD va GIZ bilan birgalikda agentlik grant loyihasini boshlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Loyihaning birinchi bosqichi 2024 yilning iyun oyida boshlanadi

Mavzuga oid