O‘zbekiston | 07:54 / 22.06.2024
2722
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda turistik xizmatlar eksporti 2 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonga 2023 yilda kelgan xorijiy turistlarning 80,7 foizi qo‘shni davlatlar, 11,5 foizi qolgan MDH davlatlari hamda 7,8 foizi boshqa davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Dunyo

Iordaniyaning ommabop Ammon News gazetasi saytida "O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

"O‘zbekistonga xorijiy turistlarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida viza rejimini soddalashtirish chora-tadbirlari, yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish, soha bilan bog‘liq loyihalarga investitsiya kiritish, yirik tadbirlarni o‘tkazish kabi amaliy ishlar olib borilmoqda", — deb qayd etilgan maqolada.

Nashrda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga 2023 yilda kelgan xorijiy turistlarning 80,7 foizi qo‘shni davlatlar, 11,5 foizi qolgan MDH davlatlari hamda 7,8 foizi boshqa davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, turistlarning o‘rtacha qolishi 4-5 kunni tashkil etib, 2022 yilga (3 kun) nisbatan 1,5 baravarga ortdi. Bu esa mamlakatda turistlarga har tomonlama qulaylik yaratilganligining natijasidir.

Ma’lum qilinganidek, 2023 yilda turistik xizmatlar eksporti 2 milliard 143,5 million dollarni tashkil etdi, shuningdek, turizm va unga yondosh sohalar yo‘nalishida 70 ming nafarga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Mavzuga oid