Xitoy O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega davlat bo‘lib qoldi
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 3,4 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,1 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
— Koreya – 905 mln dollar;
— Turkiya – 703 mln dollar;
— Turkmaniston – 407 mln dollar;
— Germaniya – 396 mln dollar;
— Hindiston – 318 mln dollar;
— AQSh – 276 mln dollar;
— Litva – 230 mln dollar.
Mavzuga oid
21:44 / 27.09.2024
Tanzila Norboyeva Butunxitoy qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
12:50 / 27.09.2024
Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi
12:00 / 27.09.2024
Reuters: Rossiya Xitoyda yashirincha yangi UUA modelini yaratdi
23:21 / 25.09.2024