Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva ostonasida Sukhoi Superjet samolyoti halokatga uchradi
Aviahalokat Moskva oblastining Kolomensk rayonida sodir bo‘lgan. “Gazprom avia”ga tegishli, ta’mirdan chiqib, sinov parvozini amalga oshirayotgan samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan ikki uchuvchi va bir shturman halok bo‘lgan. Samolyot Luxovsidan Moskvaning Vnukovo aeroportiga haydab kelinayotgan reys bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, samolyot rejali ta’mirdan keyin ilk sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Moskva oblastida halokatga uchragan samolyot o‘rmonga qulab tushib portlab ketish avvalida halokat signalini uzatishga ulgurgan. Rossiya FVV samolyot qulagani va bortidagi uch kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Samolyot halokatga uchrashiga uning dvigatellarining ishdan chiqishi sababligi taxmin qilinmoqda.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti (RA-89049) 2014 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan va “Gazprom” uning yagona foydalanuvchisi bo‘lgan, deb xabar bermoqda aviaxizmatlar.
Mavzuga oid
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
13:19 / 11.03.2025
Ukraina Rossiya bo‘ylab eng yirik dronlar hujumini amalga oshirdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
15:26 / 25.02.2025
Hind okeanida 11 yil avval yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi
17:17 / 19.02.2025