O‘zbekiston | 13:56 / 23.08.2024
1125
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistonga yirik infratuzilma obektlarini loyihalash bo‘yicha maslahat berishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Transport vazirligi huzuridagi Crossrail International kompaniyasi bosh ijrochi direktor Pol Dayson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotining turli yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va yirik infratuzilma obektlarini loyihalash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish maqsadida kelgusida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazish va ishchi safarni uyushtirishga kelishib olindi.

2017 yilda tashkil etilgan Crossrail International kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab murakkab temiryo‘l loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha strategik maslahatlar beradi. Hozirgi kunga qadar mazkur kompaniya ko‘magida 20 ta davlatda umumiy qiymati 520 milliard dollarga teng bo‘lgan 63 ta yirik transport va infratuzilma loyihalari amalga oshirilgan.

Mavzuga oid