Rus tilini bilmaydigan migrantlarga fuqarolik berilmaydi – Rossiya IIV
Rossiya IIV rus tilini bilmaydigan, lekin ayni paytda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan xorijliklarga migratsiya maqomi va Rossiya fuqaroligi berilmasligini ma’lum qildi.
Oxirgi uch yil ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) rus tilini bilmaydigan, lekin tegishli sertifikatga ega bo‘lgan 14 ming nafar chet el fuqarosining fuqarolik yoki migratsiya maqomi bo‘yicha arizalarini qabul qilishdan bosh tortdi.
Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk aytganidek, bunday fuqarolar Rossiya fuqaroligini ololmaydi.
«Rus tilini bilmaydigan, lekin ayni paytda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan xorijliklar migratsiya maqomi va Rossiya fuqaroligini ololmaydi», deb ta’kidladi Volk.
Qayd qilinishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi uyushgan guruhlarning, shuningdek, uydirma imtihonlarni o‘tkazishga ixtisoslashgan shaxslarning noqonuniy faoliyatini aniqlash va ularga chek qo‘yish ustida ishlamoqda.
Ta’kidlanishicha, til bilish haqidagi soxta sertifikatga ega bo‘lgan chet el fuqarolari haqidagi ma’lumotlar «Rosobrnadzor»ga yuboriladi, u 2024 yil iyun oyidan buyon bunday holatlarning hisobini yuritib keladi. Rossiyaga migratsiya maqomi yoki fuqaroligini olish uchun kelgan chet elliklar rus tili, qonunchilik asoslari va mamlakat tarixidan imtihon topshirishi va sertifikat olishi kerak.
Mavzuga oid
17:51
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19
Sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya darajasi yangi cho‘qqiga chiqdi
19:33 / 13.11.2024