Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» tezyurar poyezdlari qatnovi jadvali o‘zgartirildi
Poyezdlar qatnovi vaqti oldinga surildi, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
8 oktyabrdan «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarining qatnov vaqti o‘zgartirildi, deb xabar berdi «Temiryo‘lekspress» AJ.
Yangi jadval quyidagicha:
- 764 — Toshkent - Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 6:28 — Qarshi 10:07
- 766 — Toshkent - Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 6:51 — Samarqand 9:21
- 768 — Toshkent - Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 7:27 — Buxoro 11:38
- 770 — Toshkent - Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 7:54— Buxoro 12:11
- 778 — Toshkent - Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 6:03— Buxoro 10:14
- 774 — Toshkent - Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 6:28— Shahrisabz 11:12
- 772 — Toshkent - Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01
- 763 — Qarshi - Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10
- 765 — Samarqand - Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12
- 767 — Buxoro - Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38
- 769 — Buxoro - Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19
Avvalroq, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi
20:42 / 06.05.2025