O‘zbekiston | 22:29 / 11.10.2024
775
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda chiqindi tashish korxonasi iste’molchilarga asossiz haq hisoblagani aniqlandi

Korxona 762 mingdan ortiq iste’molchiga ko‘rsatilmagan xizmat uchun 11 mlrd so‘m haq hisoblangani ta’kidlanmoqda.

Raqobat qo‘mitasining xabar berishicha, Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi «Namangan Musaffo Iqlim» MChJ aholidan chiqindi olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 11 mlrd so‘m haq hisoblagani aniqlandi.

Qayd qilinishicha, Namangan viloyatning 6 ta hududida joylashgan 275 ta mahallada 1,3 mln aholi istiqomat qilsa-da, 50 foizdan ortiq aholi xizmatlar bilan qamrab olinmagan. Shuningdek, 762 mingdan ortiq iste’molchiga ko‘rsatilmagan xizmat uchun 11 mlrd so‘m haq hisoblangan.

Raqobat qo‘mitasi korxonaga nisbatan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 19- va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atib, 11 mlrd so‘mni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Mavzuga oid