"Navoiyuran" davlat korxonasi xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi
O‘zbekistonda iqtisodiyotni transformatsiya qilish doirasida yana bir muhim natijaga erishildi. "Navoiyuran" davlat korxonasi xalqaro darajada eng yuqori kredit reytingiga ega bo‘lgan tashkilotlar qatoriga kirdi.
Prezidentning 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-sonli qaroriga asosan, transformatsiya dasturi natijasida korxona investitsion jozibadorligini oshirish va xalqaro reyting olish vazifalari belgilangan edi. Ushbu sa’y-harakatlar o‘z natijasini berib, "Navoiyuran" DK Standard & Poor’s Global Ratings agentligi tomonidan uzoq muddatli defolt reytingida (Long term issuer default rating) BB-/barqaror (Stable) darajasi bilan baholandi. Shu tariqa, korxona O‘zbekistondagi yirik sanoat davlat korxonalari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, korxonaning balansida mavjud bo‘lgan 17 ta konning uran zaxiralari JORC code standartlari asosida 71 ming tonna etib baholandi. Shuningdek, korxona 2022-2023 yillarga oid moliyaviy hisobotlarini ilk bor xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlab, Deloitte auditorlik kompaniyasidan ijobiy xulosa oldi.
Standard & Poor’s Global Ratings hisobotida "Navoiyuran" DK dunyodagi uran ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar orasida 5-o‘rinni egallashi va ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega ekanligi ta’kidlangan.
Korxonaning transformatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan qator ishlar, jumladan, uzoq yillik strategiyalar, operatsion samaradorlik, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha natijalar e’tirofga sazovor bo‘ldi. Korxona xalqaro darajadagi ISO 45001, ISO 50001, ISO 27001, ISO 14001 va ISO 9001 kabi sertifikatlarga ega bo‘ldi hamda 2022-2023 yillarga oid "Barqarorlik hisobotlari" (Sustainability Report) ni Global Reporting Initiative standartlari asosida tayyorladi.
Korxona, shuningdek, Fransiyaning "Orano Mining" va Yaponiyaning "JOGMEC" hamda "ITOCHU" kabi yetakchi kompaniyalari bilan tuzilgan strategik hamkorlik kelishuvlari doirasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun: Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun kompaniyalar faoliyati yuzasidan mustaqil tahlillarni taqdim etuvchi dunyodagi eng nufuzli reyting agentliklaridan biri hisoblanadi.
Telegram | Youtube | Instagram | Facebook | Web-site
"Navoiyuran" DK axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 30.07.2024
“Navoiyuran” DKning IFRS moliyaviy hisobotlariga “Katta to‘rtlik” auditorlari ijobiy xulosa berdi
19:00 / 10.07.2024
“Navoiyuran” davlat korxonasida “qora slanets” konlarining 3D modellari yaratiladi
19:00 / 24.05.2024
ESG reytingini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir qadam
19:00 / 16.05.2024