Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi tashkil etildi
Anomal ob-havo sharoiti tufayli Angren-Pop dovoni transport vositalari harakati uchun yopilgan. Shu bois Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi poyezd Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘n va Qo‘shminor bekatlarida rejadan tashqari to‘xtab o‘tadi.

Foto: FVV
Anomal ob-havo sharoiti tufayli Angren-Pop dovoni transport vositalari harakati uchun yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yo‘lovchilarni uzluksiz tashishni ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda FVV tomonidan Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temir yo‘l qatnovi tashkil etildi.
Qayd etilishicha, 732-sonli Toshkent—Andijon—Toshkent poyezdi Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘n va Qo‘shminor bekatlarida rejadan tashqari to‘xtaydi.
Shuningdek, Ohangaron, Angren, Ko‘l, Orzu, Chodak, Temiryo‘lobod, Qo‘n, Qo‘shminor, Pop bekatlarida to‘xtab, so‘ngra Qo‘qonga yo‘l oladigan qo‘shimcha Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishi joriy etilmoqda.
«Muntazam jadval bo‘yicha harakatlanuvchi barcha poyezdlar ham yo‘lovchilarni chiqishi va tushirishi maqsadida yuqoridagi bekatlarda to‘xtaydi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni tongdan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida kuchli qor yog‘a boshladi. Dovonda shamol tezligi kuchayib, qor bo‘ronlari kuzatildi. Soat 14:30 dan dovonda avtomobillar harakati vaqtincha yopildi.
Dovonda transport vositalari harakati hamon tiklanmayotgani tufayli Angren—Qo‘qon yo‘nalishida bepul poyezd tashkil etildi.
Mavzuga oid

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

20:38 / 07.03.2025
Qamchiq dovoni yopiqligicha qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar

15:07 / 07.03.2025