Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft 3 mingga yaqin xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Microsoft korporatsiyasi yil davomida 2 850 nafar xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Bloomberg nashri xabar berdi.
Qisqartmalar kompaniyaning mobil bo‘limida amalga oshiriladi. Qisqartirish ishlarining aksariyati 2017 moliyaviy yilda yakunlanadi. 2016 yilning may oyida Microsoft Finlyandiyada 1,3 mingdan ortiq ishchi o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi. Xususan, mobil telefonlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Microsoft Mobile Oy kompaniyasi yopiladi, uning idoralari Tamper va Espooda joylashgan bo‘lgan. Shuningdek o‘sha payt Amerika kompaniyasining butun dunyoda yana 500 nafar xodimi qisqartirilishi ma'lum qilingandi.
Finlyandiya apel oyida Nokia’dagi xodimlar qisqartmasi natijasida 1,3 ming fuqarosining ishsiz qolganligi tufayli YeIdan yordam so‘rash niyatida ekanligi haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
14:18 / 02.03.2025