Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola matbuot anjumani vaqtida takabbur ingliz jurnalistlariga tanbeh berdi
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning boshqa chempionatlardan ustunligi haqidagi gaplarni mif deb atadi.
U matbuot anjumani vaqtida angliyalik jurnalistlarni boshqa chempionatlarga hurmatsizlik qilmaslikka chaqirgan.
«Men o‘ylaymanki, sizlar boshqa chempionatlarga hurmat bilan qarashingiz kerak. APL o‘yinlarining qanchalik tezkor ekanligi haqida ko‘p marta eshitganman, ammo sizlar (jurnalistlar - tahr.) bundesliga va La Ligada ishlamagansizlar va u yerdagi qanday ishlashlaridan bexabarsizlar.
Ha, balki, Angliyada ko‘proq o‘yinlar o‘tkazilar, ammo o‘sha Germaniyada ham o‘yinlar juda yuqori tezlikda o‘tadi. Sizlar boshqa chempionatlarni va u yerda ko‘rsatilayotgan futbolni hurmat qilishingiz kerak.
Men o‘ylaymanki, har bir liga o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘ladi. Ispan jamoalari keyingi yillarda katta yutuqlarga erishmoqda, ular yaxshi o‘ynashlari evaziga katta turnirlarning finallariga doimo chiqib kelishadi. Ularning tarkibi yaxshi futbolchilar bilan to‘lgan. Ha, Angliyada katta o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, ammo Italiyada ham, boshqa chempionatlarda ham intensivlik yuqori», deya Gvardioladan iqtibos keltirgan Mirror.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:59 / 08.10.2024