Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Tribuna.uz sayti xabar tarqatdi.
Hozircha Lippining Xitoy terma jamoasi bilan qancha muddatga mo‘jallangan shartnoma tuzganligi ma'lum emas. Biroq italiyalik 68 yoshli murabbiy chin yurtida yilliga 20 million yevrodan ko‘p maosh olishi ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy terma jamoasi Toshkentda O‘zbekistonga yutqazib qo‘yganidan keyin Gao Xongbo iste'foga chiqqandi. Xitoy terma jamoasi "A" guruhida ortda qolgan 4 turdan keyin 1 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.
Marchello Lippi bungacha 2012-2015 yillarda Xitoyning "Guanchjou Evergrand" jamoasida ishlab, klubi 3 marta Xitoy chempionligiga va bir marta Osiyo chempionlar ligasi (2012) g‘olibiga aylantirgan.
Mavzuga oid
21:35 / 22.10.2020
Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunladi
16:36 / 24.05.2019
Lippi Xitoy milliy jamoasiga qaytdi
15:37 / 25.03.2019
Ektor Kuper: «Vaziyatlardan unumli foydalanish ustida ko‘proq ishlashimiz kerak»
09:21 / 25.03.2019