Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunladi
«Yuventus» klubi va Italiya milliy jamoasining sobiq ustozi Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
«Murabbiylik faoliyatimni yakunlaganimni ma'lum qilaman. Boshqa vazifalarda ishlashga kelsak, buni ko‘rib chiqamiz. Hozircha gapirish befoyda, bahorgacha hech narsa bo‘lmaydi», – deya italiyalikning so‘zlarini keltiradi Radio Sportiva.

Eslatib o‘tamiz, Lippining so‘nggi ish joyi Xitoy milliy jamoasi (2016-2019) edi.
72 yoshli mutaxassis 2006 yili Italiya milliy jamoasini jahon chempioniga aylantirgan. «Yuventus» uning qo‘l ostida 5 bor A Seriyada va 1996 yilgi Chempionlar Ligasida zafar quchgan.
Mavzuga oid
16:36 / 24.05.2019
Lippi Xitoy milliy jamoasiga qaytdi
14:00 / 25.01.2019
Osiyo Kubogi. Xitoy yarim finalga chiqa olmadi, Marchello Lippi iste'foga chiqdi
21:43 / 30.08.2017
Marchello Lippi: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatlar O‘zbekistonda yaxshiroq
17:54 / 22.10.2016