Jahon | 21:02 / 10.11.2016
31887
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning saylanishdan keyingi ilk nutqidan parcha: U jahon hamjamiyatiga murojaat etdi

AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozongan respublikachi Donald Tramp nutq irod qildi. U amerikaliklarni ranjitmaslikka va ularni o‘z tanlovi uchun afsuslantirmaslikka va'da berdi. U AQShning iqtisodini ko‘tarish va mamlakatni dunyoning eng kuchli iqtisodiga ega mamlakatga aylantirish uchun ishlashini ta'kidlagan.

U o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barchaga, oilasi a'zolari va barcha tarafdorlariga minnatdorchilik bildirgan.

«Men mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroga, barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘lishga va'da beraman. Bu men uchun juda muhimdir. Meni qo‘llab-quvvatlamaslikka qaror qilganlarga esa, bular ozchilik emas edi, yordam so‘rab murojaat qilmoqchiman. Biz birgalikda ishlab, buyuk davlatimizni birlashtira olamiz. Biz mamlakatimiz taqdirini o‘z qo‘limizga olishimiz darkor, biz kuchli, jasur va jiddiy bo‘lishimiz kerak», —degan fikrlarni bildirgan Donald Tramp.

«Amerika endi hech qachon eng yaxshisidan boshqasiga rozi bo‘lmaydi. Biz mamlakatimizga uning asl qismatini qaytarishimiz hamda qo‘rqmasdan katta va dadil orzu qilishimiz kerak. Biz buni uddalashimiz zarur. Biz mamlakatimiz haqida, ajoyib narsalar haqida, muvaffaqiyat haqida orzu qilamiz», degan u amerikaliklarga murojaat qilib.

Tramp jahon hamjamiyatiga yuzlangan.

«Amerika o‘zi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni istagan barcha xalqlar bilan munosabatlarni yaxshilaydi. Men jahon hamjamiyatiga murojaat qilib aytmoqchimanki, biz Amerika manfaatlarini eng yuksakka qo‘yamiz, biroq har narsaga — barcha odamlar va barcha xalqlarga adolat bilan yondashamiz. Biz xusumat emas, murosa yo‘lini; nizo emas, hamkorlikni izlaymiz», degan u.

Mavzuga oid