Jahon | 18:35 / 11.11.2016
7013
1 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistlar Poroshenkoning Ispaniyada deklaratsiyada qayd etilmagan villasi borligini aniqlashdi

Foto: TACC

Ispaniyaning O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida Ukraina prezidentiga taalluqli va deklaratsiyada qayd etilmagan hashamatli villa aniqlandi. Bu haqda "Sxemy" dasturi jurnalistlari xabar berdi.

Ukrainalik jurnalistlar aniqlashicha, Marbelya shahrining g‘arbida joylashgan villa Poroshenko nomiga uning Feruvita SL kompaniyasi tomonidan rasmiylashtirilgan. Firma ushbu ko‘chmas mulk obektini 2008 yilda sotib olgan bo‘lib, uning moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ushbu bino 4 million yevroga aylangan.

1254 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan ikki qavatli villa 1993 yilda qurilgan. 0,26 ga maydonga qurilgan ushbu binoning suzish havzasi ham bor. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid