Jamiyat | 21:00 / 17.12.2016
4817
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yilgacha Gamburgda avtopilotda yuruvchi avtobuslar paydo bo‘ladi

Foto:Getty images

2021 yilgacha Germaniyaning Gamburg shahrida avtopilotda yuruvchi yo‘lovchi avtobuslari paydo bo‘ladi. Bu haqda Hamburger Hochbahn transport kompaniyasi rahbari Xenrik Falk Hamburger Abendblatt nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"2021 yilgacha ilk sinov yo‘nalishlarida harakatlanishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz", deb aytdi Falk. Uning aytishicha, kelajakda bunday yuqori texnologik transport vositalari shaharlar uchun oddiy narsaga aylanadi. Falk shu bilan bog‘liq holda Gamburgda metroning yangi yo‘nalishini qurish rejalashtirilayotgani va u tayyor bo‘lganda, unda ham to‘liq avtomatlashtirilgan poyezdlar harakatlanishini eslatib o‘tgan.

Falk Gamburg aholisiga jamoat transportini aholining ehtiyojlari va yuqori texnologiyalarni rivojlantirishni hisobga olgan holda rivojlantirishga umid bog‘lashi bilan ma'lum. Misol uchun, 2017 yil oxirigacha uning tashabbusi bilan shahardagi mingga yaqin avtobus, 2018 yilda esa barcha avtobus bekatlari simsiz internet bilan jihozlanadi. "Bunday ko‘lamlar hech qaysi nemis megapolisida yo‘q", deb aytmoqda Falk.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid