O‘zbekiston Qirg‘izistondagi temiryo‘l qurilishida ishtirok etishga tayyor
O‘zbekiston Xitoy-Markaziy Osiyo temiryo‘lining Qirg‘iziston hududi bo‘ylab o‘tadigan qismini loyihalashtirish va qurish ishlarida ishtirok etishga tayyor, deb xabar berdi 1news.uz.
Bu haqda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qirg‘iz oliy darajadagi muzokaralarida bayonot bergan.
O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmatiga ko‘ra, mintaqada samarali transport yo‘llarini rivojlantirish iqtisodiy hamkorlikning strategik yo‘nalishi hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyoni Qirg‘iziston hududi orqali Xitoy bilan bog‘laydigan qisqa temir yo‘l nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqaning tranzit salohiyatini sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik mutaxassislar Qirg‘iziston hududida bunday yo‘nalishni loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishga tayyor ekanini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik temiryo‘lchilar xorijiy mamlakatlarda temiryo‘l qurish malakasiga ega. Xususan, o‘zbek temiryo‘lchilari tomonidan Afg‘onistondagi Xayraton-Mozori-Sharif o‘rtasidagi temiryo‘lni qurib bitkazilgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
22:01 / 12.11.2024