O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston hukumatida yana bir jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Adham Ahmadboyev lavozimidan ketdi.
Ishonchli manbaning «Kun»ga ma'lum qilishicha, endilikda shu vaqtgacha Jizzax viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Azizov Abdusalom Abdumavlonovich O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan.
Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida O‘zbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning o‘rnini egallagandi.
Endi u prezidentning huquq-tartibot organlari bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.
Abdusalom Azizov 2006-2008 yillarda "O‘zneftmahsulot" bosh direktori, 2008-2009 yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, 2009-2016 yillarda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U shuningdek, 2008 yilda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida ma'lumotlar bor.
Mavzuga oid
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
13:18 / 04.09.2024
«Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim – O‘zbekiston DXX raisi
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
11:55 / 07.05.2024