Jahon | 22:28 / 15.02.2017
26161
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamani Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishida aybladi

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi Barak Obama prezidentligi davrida ro‘y berganini eslatib o‘tdi.

«Qrim Rossiyaga Obamaning ma'muriyati davrida qo‘shib olingandi. Obama Rossiyaga juda ham yumshoq munosabatda bo‘lmaganmi?», deya yozgan Tramp o‘z tvitterida.

Bundan oldinroq, Oq uy matbuot xizmati rahbari Shon Spayser Tramp Rossiya hukumati Ukrainadagi zo‘ravonlikka barham berishi va Qrimni Ukrainaga qaytarishini kutayotganini ma'lum qilgandi.

Uning aytishicha, Tramp «avvalgi ma'muriyatdan farqli ravishda», Rossiya bilan ko‘plab muammolar, jumladan IShID masalasini hal qilish uchun yaxshi munosabatlar o‘rnatmoqchi.

Tramp Rossiya «Qrimni qaytarishiga» umid qilmoqda  

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid