Sport | 12:28 / 05.03.2017
8259
1 daqiqa o‘qiladi

Ramos jurnalistlarni uning Ronaldu haqidagi so‘zlarini xato talqin qilishda aybladi

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jurnalistlardan yolg‘on ma'lumot tarqatmaslikni so‘radi.

«Men jamoada faqat Krishtianu Ronaldu yugurmasligi mumkin deb aytmaganman. Bu yolg‘on.

«Real»da qiyin davrlar kelgan vaqtda, jamoa jipslashadi. Biz o‘z muammolarimizni hal qilamiz.

Men jamoa yig‘inlari haqida gapirganman. Bilaman, gazetani sotish kerak, lekin ma'lumotning haqqoniyligi birinchi navbatda bo‘lishi kerak.

Jamoamizning kiyim almashtirish xonasida ajoyib muhit hukmron. Men ba'zi vaziyatlar uchun tashvishlanganman, ammo jamoa o‘z maqsadi yo‘lida davom etadi.

Menda jurnalistlar bilan muloqot qilishda muammo yo‘q, men o‘z maoshimni oqlash uchun harakat qilaman», – deya Ramosning so‘zlarini keltirgan Football Espana.

Serxio Ramos – «Real» futbolchilariga: «Bu yerda yugurmaslikka faqat Ronaldu haqli»

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid