Jahon | 22:57 / 09.03.2017
12227
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik tadbirkor Telman Ismailov bankrot deb e'lon qilindi

Foto: RIA

Moskva viloyati hakamlik sudi Cherkizov bozorining sobiq egasi, AST guruhi asoschisi Telman Ismailovni bankrot deb tan oldi va unga nisbatan mol-mulkini sotish jarayoni kiritildi. Bu haqda Rambler News Service axborot agentligi xabar bergan

"Ismailovga nisbatan mol-mulkini 2017 yil 9 sentabrgacha sotish jarayoni kiritildi", deb ma'lum qilgan kreditorlardan biri.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kasodga uchragan tadbirkor Moskva viloyatida 500 mln rubllik ikkita yer maydoniga, Moskva viloyatining Odintsovo tumanida 349 kvadrat metrlik kvartiraga va Fransiyada 25 mln yevrolik villaga ega.

Kreditorlar Ismailovga 157 mlrd rubllik e'tirozlar bildirishgan.

2015 yil dekabrda sud Ismailovni uning biznes-hamkori da'vo arizasi bo‘yicha bankrot deb tan olgandi.

Ismailovning kompaniyasida unga tegishli Cherkizov bozori 2009 yil aprelda yopilgandan keyin kreditorlar bilan muammolar yuzaga kelgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid