Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning zarbasiga uchragan Shayrat aerodromi faoliyatini tikladi
Suriya harbiy-havo kuchlari AQSh tomonidan raketa zarbasidan keyin bir kun o‘tib Shayrat aerodromidan parvozlarni amalga oshirishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Aviabaza ishchi tartibda ishlamoqda. Samolyotlar qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqda va terrorchilarga zarba berish uchun jangovar parvozlarni amalga oshirmoqda", deb aytdi Suriya armiyasining aviabazadagi zobiti.
Avvalroq RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri aerodromdan havoga ko‘tarilgan barcha samolyotlar beshikast bazaga qaytganini ma'lum qilgandi.
7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengizidagi kemalardan Shayrat aviabazasiga 59 ta qanotli raketa bilan zarba bergandi.
Mavzuga oid
14:40 / 09.04.2025
AQSh Ukraina yaqinidagi Polsha aerodromidan kuchlarini olib chiqib ketyapti
15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
12:12 / 28.11.2024