Ichki ishlar vaziri militsiya haqidagi ssenariylar borasida: “Buni chiqarib...”
Ichki ishlar vazirligi adabiyot va kino vakillariga ochiq. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Toshkent shahrida Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Yaxshi taklif bo‘lsa, haqiqatdan ham qonunga asoslangan, ish faoliyatini yoritishida ko‘chadagi kabi chapanilarcha ish hal qilib ketish emas, balki aynan qonunga asoslangan holda IIV faoliyatini yoritish bo‘lsa, biz hamkorlik qilishga tayyormiz”, - dedi Azizov.
Shuningdek, vazirning ta'kidlashicha, shu sohaga oid ko‘p ssenariylar yuzaki holda, qonun, huquq asoslarini bilmagan holda yoziladi.
“Buni chiqarib sharmanda bo‘lgandan ko‘ra, bo‘lmagan ma'qul deymiz”, - deya aytib o‘tdi IIV rahbari.
Biroq, uning aytishicha, hozirgi kundagi o‘zbek milliy seriallarida yo‘l-harakati xavfsizligi xodimi, profilaktika inspektori faoliyati, pasport stoli bilan bog‘liq ishni yoritish mumkin.
“Bularning hammasi ssenariy mualliflariga bog‘liq”, - deb xulosa qildi Azizov.
Mavzuga oid
19:15
DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
13:18 / 04.09.2024
«Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim – O‘zbekiston DXX raisi
11:55 / 07.05.2024