Fyodor Yemelyanenko Bellator chempioni kamari uchun musobaqada ishtirok etadi

Foto:© Yuriy Smityuk/TASS
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Fyodor Yemelyanenko og‘ir vaznda Bellator chempionlik kamari uchun 2018 yilda o‘tadigan musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda Bellator prezidenti Skott Kokerga iqtibos keltirgan holda MMA Junkie portali xabar berdi.
Musobaqada 4 nafar og‘ir vazndagi jangchi: Yemelyanenko, UFC’ning sobiq chempioni Frenk Mir, amerikalik jangchilar Mett Mitrion va Roy Nelson ishtirok etadi. Musobaqada, shuningdek, yarim og‘ir vazndagi yana 4 amerikalik jangchi: Bellator’ning yarim og‘ir vazndagi amaldagi chempioni Rayan Beyder, UFC’ning sobiq chempioni Kuinton Jyekson, Strikeforce’ning sobiq chempioni Muhammad Laval va Cheyl Sonnen ishtirok etadi.
“Bu biz uchun muhim hodisa bo‘ladi. Biz 8 nafar jangchini o‘zaro bellashtiramiz va g‘olib og‘ir vazn chempioni bo‘ladi. Biz tashkil etayotgan janglar muxlislar ko‘rmoqchi bo‘lgan janglardir. Ishoning, sizni ajoyib musobaqa kutmoqda”, deb aytgan Koker.
Musobaqaning janglari bir vaqtda o‘tkazilmay, balki butun yil davomida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa finali 2018 yil dekabriga rejalashtirilgan. Janglar o‘tadigan sana va joylar yaqin orada ma'lum qilinadi.
Yemelyanenko 24 iyulda Nyu-Yorkda Bellator’dagi ilk jangida amerikalik jangchi Mett Mitrionga birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yutqazgan. Umuman olganda rossiyalik jangchi hisobida MMA’da o‘tkazilgan janglarda 36 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
Mavzuga oid

11:27 / 05.02.2023
Fedor Yemelyanenko amerikalik raqibdan nokautga uchradi. Bu uning faoliyatidagi oxirgi jang bo‘ldi

22:13 / 25.08.2019
Bir qo‘lli yakkakurash jangchisi Bellator’da ishtirok eta boshladi

10:40 / 27.01.2019
Fyodor Yemelyanenko Bellator gran-prisi finalida nokautga uchradi. Jang 35 soniyada tugadi

14:31 / 25.01.2019