Jahon | 08:41 / 30.01.2018
9170
1 daqiqa o‘qiladi

O‘t o‘chiruvchilar suv tugab qolgani tufayli yong‘inni bartaraf eta olishmadi

Foto: Thomas Mukoya/Reuters

Keniya poytaxti Nayrobi shahridagi turar-joy tumanidagi yong‘inda to‘rt kishi halok bo‘ldi, taxminan 6 ming inson uyidan mahrum bo‘ldi, sababi o‘t o‘chiruvchilarda suv tugab qolgan. Bu haqda mahalliy parlament a'zosi Nikson Korir ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

«O‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelishdi, biroq, afsuski, ularda suv bo‘lmagan. Bizda eng yaxshi anjomlar bor, lekin suvning yo‘qligi tufayli ular hech narsa qila olishmadi», - deya aytib o‘tdi Korir.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga sakkiz soat vaqt sarflangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid