Shvetsiya politsiyasi Rahmat Oqilovni teraktdan uch oy avval kuzatgan
Stokholmdagi terakt ijrochisi o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov odamlar ustiga yuk mashinasini haydab borishidan uch oy avval Shvetsiyaning SEPO xavfsizlik politsiyasi nazorati ostida bo‘lgan. Bu haqda OAV mamlakat Adliya vazirligi hisobotiga asosan xabar qilmoqda.
«O‘sha paytda bo‘lgan razvedka ma'lumotlari, mening fikrimcha, kuchni ogohlantiruv tarzida qo‘llash uchun asos uchun yetarli darajada aniq bo‘lmagan. Mening baholashimcha, SEPO Oqilov haqida olingan ma'lumotga nisbatan barcha ehtimoliy xatti-harakatlarni ko‘rgan», - deya SEPOning Oqilov ishi bo‘yicha harakatlarini baholashga mas'ul bo‘lgan sudya Runar Viksten so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti» Local nashriga tayangan holda.
Xabar berilishicha, Oqilovni kuzatish 2016 yilning 31 avgustida boshlangan. Bunga u xavf tug‘dirishi mumkin ekani haqidagi razvedka ma'lumotlari sabab bo‘lgan. Kuzatuv haqidagi qaror 2017 yilning 19 yanvar kuni harbiy sud tomonidan qayta ko‘rib chiqildi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Oqilov taxminan shu paytda teraktga tayyorlanishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni Shvetsiya prokuraturasi Rahmat Oqilovga ayblov e'lon qildi.
Oqilov 2017 yil 7 aprelda Stokholm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosgancha 550 metr yurib o‘tgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 15 kishi yaralangan, 5 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024